“UzAuto TRAILER” MCHJ


2012-yil 4-iyun kuni “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan  tirkama texnikalari va turli xil yuk avtomobillari (shassi) uchun osma texnikalarini ishlab chiqarish uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “UzAuto TRAILER” korxonasi tashkil qilindi.

Korxonaning loyihaviy quvvati 3 000 donagacha: 2000 dona yarim tirkama va 1000 dona osma texnika, respublika xo‘jaligining turli tarmog‘ini ta'minlash uchun keng qamrovli avtomobil texnikalarini, shu jumladan samosval kuzovi, yarim tirkamalar, konteyner tashuvchilar, tentli kuzovlar, izotermik yarim tirkamalar va furgonlar ishlab chiqarish  o'zlashtirildi.

“UzAuto TRAILER” MCHJ o‘z mahsulotlarini nafaqat O‘zbekistonning ichki bozorida, balki Markaziy Osiyoning qo‘shni davlatlari: Qozog‘iston, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Turkmaniston va Qirg‘izistonda ham sotishni maqsad qilgan.

Iste’molchilar Toshkent shahrida va Respublikamizning boshqa viloyat markazlarida joylashgan dilerlik markazlarida asbob-uskunalar xarid qilishlari va ularga texnik xizmat ko‘rsatishlari mumkin. 

Zavod:


Umumiy maydoni – 14,75 gektar;
Ishlab chiqarish maydoni – 2,7 gektar;
Joylashuvi: O'zbekiston Respublikasi, 140400, Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Toshkent ko'chasi,1 uy;
Bosh ofis: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent, Mirzo-Ulug'bek k, 30 uy.

Mahsulot:


2012 yildan beri kompaniya uskunalarning keng ko'lamli modellarini o'zlashtirdi:
• kuzovlar: samosval,izotermik,tentli va to'liq metall ;
• yarim tirkama va tirkamalar: samosval, izotermik, tentli;
• konteyner tashuvchilar va boshqa maxsus texnika;
• qishloq xo'jalik texnikasi (traktor tirkamalari, preslash mashinalari, harakatlanuvchi yoqilg'i quyish shaxobchalari bekatlari).

Hodimlar: 

“UzAutoTRAILER“ MChJ hodimlar soni 420 kishini tashkil qiladi.

“UzAuto TRAILER” MChJ texnikalari yuqori sifati uni ishlab chiqarishda quyidagi omillar bilan ta’minlanadi:

1. Sifat menejmenti:


• ISO 9001:2015;
• Metall, materiallar, butlovchi qismlarni kirish sifatini nazorat qilish ;
• payvandlash choki va bo'yoqlash sifati sifatini nazorat qilish;

2. Dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilariningSyuqori sifatli materiallari va  butlovchi qismlaridan foydalanish:


• o'qlar va и подвески SAF-Holland, Koc;
• Knore-Bremse, Wabco tormoz tizimi pnevmatik uzatma;
• Metall, materiallar, butlovchi qismlarni kirish sifatini nazorat qilish;
• JOST korxonasining tayanch moslamalari, shkvorenlari, aylanma doirala;
• Michelin, Continental va boshqalar shinalari;
• Hardox, Domax, St-52 maxsus konstruktsiyaviy po'lat markalari;
• lak-bo'yoq mahsulotlari.

3. Zamonaviy anjom va ishlab chiqarish:


• Messer kompaniyasinig plazma uskunasida metall kesish;
• Turkiyaning Ermaksan kompaniyasinig plazma uskunasida metall kesish;
• Turkiyaning Ermaksan kompaniyasining preslarida detallarni shtamplash;
• Avstriyaning Fronius kompaniyasi uskunalari bilan himoya gaz muhitida payvandlash;
• Bo'yoqlashga yuqori sifatda tayyorgarlik;
• Bo'yash-quritish kamerasida yuqori sifatli bo'yoqlash va quritish.

4. Malakali kadrlar.


Korxonada yuqori malakali mahalliy va xorijiy konstruktor va texnologlardan tashkil topgan o‘zining konstruktorlik-texnologik byurosi mavjud bo‘lib, ular osma va yarim tirkama qurilmalar konstruksiyalarini ishlab chiqish va modernizatsiya qilish, keyinchalik ularni ishlab chiqarishga joriy etish bilan shug‘ullanadi.

Call
×

Menedjerdan qo'ng'iroq kutish

×

Muvofaqqiyatli!